Tovar va xizmatlar sohasida 27 ta bozor monopollashgani aniqlandi

O‘zbekistondagi tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobat muhitini baholash maqsadida 262 ta bozorda tahlil o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda tovar va xizmatlar bozorlaridan 27 tasida monopoliya shakllangan. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita O‘zbekistondagi tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobat muhitini baholash, iste’molchilarning tanlov imkoniyatlarini oshirish va tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratishni ta’minlash maqsadida, 2022-yil davomida jami 262 ta tovar va xizmatlar bozorlarini tahlil qilgan.
Shundan, 61 ta bozorlar to‘liq 201 tasida ekspress tahlil ishlari amalga oshirilgan.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 27 ta bozor monopollashgan bo‘lib, 18 ta bozorda raqobat muhiti shakllanib yangi ishtirokchilar faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 19 ta bozordagi raqobat muhitini rivojlantirish yuzasidan tegishli takliflar Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdolar vazirligi hamda Moliya vazirligiga taqdim etilgan.