Surxon davlat qo‘riqxonasida bo‘rilar to‘dasi tasvirga olindi – video

Qo‘riqxonaga o‘rnatilgan fotoqopqon bu safar bo‘rilar to‘dasini tasvirga oldi.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Surxon davlat qo‘riqxonasida bo‘rilar to‘dasi tasvirga olindi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qo‘riqxonaga o‘rnatilgan fotoqopqon bu safar bo‘rilar to‘dasini tasvirga oldi.
Qo‘riqxona xodimlarining bildirishicha, tasvirga tushgan bo‘rilar bir oila bo‘lishi mumkin. To‘dadagi yosh bo‘rilarning borligi va to‘daboshining borligi shundan darak beradi.
Ma’lumot uchun, bo‘ri itsimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchi hayvon bo‘lib, Yevropa, Osiyo, Amerikada keng tarqalgan. O‘zbekistonda o‘rmon, to‘qay, tog‘ va tog‘ oldi etaklarida ko‘p uchraydi. Qor va muz bilan qoplangan baland tog‘larda ham yashaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zomin davlat qo‘riqxonasi hududiga o‘rnatilgan fotoqopqon obyektiviga bo‘rilar muhrlangandi.