Shahzoda Garri Afg‘onistonda 25 nafar insonni o‘ldirganini tan oldi

Britaniya shahzodasi Garri Afg‘onistonda harbiy xizmati davomida 25 nafar insonni o‘ldirganini tan oldi
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv – Sputnik. Britaniya shahzodasi Garri Afg‘onistondagi harbiy xizmati davomida 25 nafar insonni o‘ldirganini tan oldi. Bu haqida Sky News nashri shahzodaning memuar kitobidagi ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqda.
Shahzodaning “Spare” (“Zahiradagi” - tahr) xotiralar kitobi chiqishi 10-yanvarga rejalashtirilgan.

“Men nechta dushman jangchilarini o‘ldirganimni aniq sonini ayta olaman. 25 nafar. Men bundan huzurlanmaganman, biroq uyalmaganman ham”, - deya kitobdan parcha keltiriladi.

Britaniya shahzodasi Afg‘onistonda ikki yil harbiy xizmat o‘tagan.