Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rosgvardiya UXX generalining uyidan Rossiyaga qarshi adabiyotlarni topdi

Milliy gvardiya tomonidan UXX generali kutubxonasida topilgan Rossiyaga qarshi nashrlar orasida “Boshla! Kurash! G‘alaba qozon!” ham bor. U Ukraina dengiz piyodalarining kichik komandirlari uchun mo‘ljallangan.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Rossiya milliy gvardiyasi Ukraina xavfsizlik xizmati generalining uyida Rossiyaga qarshi nashrlar bo‘lgan kutubxona topdi, topilgan kitoblardan biri AQShning Ukrainadagi elchixonasi va “Amerika ruhi” jamoat tashkiloti ko‘magida nashr etilgan. Bu haqda Rossiya gvardiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Milliy gvardiya tomonidan UXX generali kutubxonasida topilgan Rossiyaga qarshi nashrlar orasida “Boshla! Kurash! G‘alaba qozon!” ham bor. U Ukraina dengiz piyodalarining kichik komandirlari uchun mo‘ljallangan.
“Kitob Ukraina Qurolli kuchlari bosh shtabi, Ukraina inqirozi media markazi, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ukrainadagi elchixonasi va “Amerika ruhi” jamoat tashkiloti ko‘magida chop etilgan”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, qo‘llanma maxsus operatsiya boshlanishidan ancha oldin nashr etilgan.
Milliy gvardiyaning yana bir qiziqarli topilmasi – UXX generalining o‘zi tomonidan yozilgan va 2014-yil voqealariga bag‘ishlangan Rossiyaga qarshi roman.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Shu fonda Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning NATO bo‘ylab ittifoqchilari Kiyev rejimiga qurollar berishda davom etmoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.