Moskalkova Marat Kasemning Rigada hibsga olinishini so‘z erkinligiga hujum deb atadi

Ombudsman BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarini jurnalistlar huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rishga chaqirdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Tatyana Moskalkova jurnalist Marat Kasemning Rigada hibsga olinishini so‘z erkinligiga hujum deb atadi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya ombudsmani BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariga ushbu g‘azablantiruvchi faktga e’tibor berishni so‘rab murojaat qilgan.
“Jurnalist Marat Kasemga nisbatan jinoiy repressiya qo‘llanilishini so‘z erkinligiga tajovuz va Latviyaning jurnalistlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro majburiyatlarini buzish deb bilaman”, dedi Moskalkova o‘zining Telegram kanalida.
Ombudsman BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissarini jurnalistlar huquqlarini himoya qilish choralarini ko‘rishga chaqirdi.
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissariga ushbu g‘azablantiruvchi faktga e’tibor qaratish va Marat Kasemning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha uning mandati doirasida chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilaman”, deb yozadi ombudsman.
Marat Kasem Latviya fuqarosi, u bir necha yillardan beri Moskvada yashab, Sputnik Litva o‘z ichiga olgan “Rossiya segodnya” media guruhida ishlagan.
Jurnalist oilaviy sabablarga ko‘ra Latviyaga ketgan. 5-yanvar kuni Riga sudi uni hibsga olgan va u allaqachon Riga markaziy qamoqxonasiga o‘tkazilgan.
U Rossiya Federatsiyasiga qarshi Yevropa sanksiyalarini buzganlikda gumon qilinmoqda. Jurnalist 5-yilgacha qamoq yoki 100 oylik maosh miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.