Kuchli shamol, yomg‘ir va tuman - O‘zgidromet bugungi ob-havo haqida ma’lumot berdi

Bugun ayrim viloyatlarda shamol tezligi 25 m/s gacha kuchayishi va vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi prognoz qilinmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi,12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2-4 daraja iliq, kunduzi +8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda – 3 daraja sovuqgacha, kunduzi +2-7daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Navoiy viloyatining ayrim joylarida 25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq, kunduzi +7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida va Jizzax viloyatida ayrim joylarda 25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq, kunduzi + 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq, kunduzi +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda. Harorat kechasi -2 daraja sovuq, +3 daraja iliq, kunduzi +5-10daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0-5 daraja sovuq, kunduzi +5-10 daraja iliq bo‘ladi.