Andijon hayvonot bog‘ida ayiq hujumi oqibatida ishchi halok bo‘ldi

Hozirda Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Andijon hayvonot bog‘ida ayiq hujumi oqibatida ishchi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 3-yanvar kuni soat 16:00 larda Andijon hayvonot bog‘i ishchisi ayiqga ovqat berish maqsadida qafasga kirgan. Shu payt ayiq unga tashlanib, bo‘yin qismidan tishlab, og‘ir tan jarohati yetkazdi. Buning natijasida hayvonot bog‘i ishchisi hodisa joyida vafot etgan.
Holat Xo‘jaobod tumani IIB tomonidan tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilib, hodisa joyi tuman IIB tezkor-tergov guruhi tomonidan ko‘zdan kechirildi.
“Fuqaroning olgan tan jarohatlarini og‘irlik darajasi va uning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlandi”, deyiladi xabarda.
Hozirda Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.