Surxon davlat qo‘riqxonasida tog‘ suvsari tasvirga olindi

Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra, tog‘ suvsari qo‘riqxona hududida 20 boshni tashkil qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Surxon davlat qo‘riqxonasi hududida tog‘ suvsari tasvirga olindi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi xabar berdi.
Surxon davlat qo‘riqxonasida o‘tkazilgan oxirgi sanoq natijalariga ko‘ra, tog‘ suvsari qo‘riqxona hududida 20 boshni tashkil qiladi.
Tog‘ suvsari sut emizuvchilar sinfiga mansub bo‘lib, mamlakatning tog‘ tizmalarida, jumladan, Ko‘hitang tog‘ tizmalarining yonbag‘irlarida, pastki tekisliklari va archazorlarida yashashi kuzatiladi.
Kattaligi mushukdek keladigan tog‘ suvsarining tana uzunligi 50 sm, dumi 25-35 sm.
Suvsarning tanasi cho‘zinchoq, kuchli va egiluvchanligi xavfli qoyalar va daraxtlarning ustida bemalol harakat qilishiga imkon beradi. Qisqa, baquvvat oyoqlari va o‘tkir tirnoqlari ov qilish jarayonlarida asosiy qurol vazifasini o‘taydi.
Suvsar siyrak jonivor bo‘lib, qoyali daralarda, toshlar orasida, vayronalarda, bargli va igna bargli o‘rmonlarda yashaydi.