Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning M777 artilleriya tizimini yo‘q qildi

Qayd etilishicha, Nikolayev viloyatining Matrosovka aholi punkti hududida M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Nikolayev viloyatida AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan Ukrainaning M777 artilleriyasini yo‘q qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Nikolayev viloyatining Matrosovka aholi punkti hududida AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi”, deyiladi harbiy idora xabarida.
Ta’kidlanishicha, bundan tashqari, Lugansk xalq respublikasining Novoselovka aholi punkti hududida AQSh tomonidan ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 radar stansiyasi yo‘q qilindi.