TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Shimoliy Atlantika alyansi 2023-yilda Ukrainadagi mojaroga aralashishi mumkin. Britaniya armiyasining sobiq polkovnigi Xamish de Bretton-Gordon “The Telegraph” nashriga bergan intervyusida.
“Men (sovuq urush qizib ketmasligiga – tahr.) umid va ibodat qilaman, lekin ishonchim komil emas, shuning uchun 2023-yilda NATOning Ukrainadagi mojaroga aralashish ehtimoli nolga teng deb ishonuvchilar borligiga meni xavotirga solmoqda”, - deyiladi xabarda.
Polkovnikning qo‘shimcha qilishicha, alyans Ukrainada ikki narsani amalga oshirishi muhim: Ukraina tomonini kerakli qurol-yarog‘ bilan ta’minlash orqali mojaroga imkon qadar tezroq yakun yasash va “Rossiyaga qizil chiziqlarimiz qayerdaligini aniq tushuntirish”.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi NATO Kiyev rejimiga o‘n milliard dollarlik qurol-yarog‘larni yetkazishda davom etmoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.