TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Toshkentning Shayxontohur tumani, Ibn Sino mavzesi, Beltepa ko‘chasidan o‘tgan o‘rta bosimli gaz quvurida nosozlik yuzaga kelgani bois, ertaga, 5-yanvar kuni 8 ta mahallada gaz ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Telegram'dagi sahifasida xabar qilindi.
5 yanvar soat 10:00 dan 19:00 ga qadar quyidagi mahallalarida gaz ta’minoti to‘xtatiladi:
Beltepa ko‘chasidagi 23 ta ko‘p qavatli uy;
Ibn Sino mavzesidagi 13 ta ko‘p qavatli uy;
Jarariq mavzesidagi 21 ta ko‘p qavatli uy;
Mingtepa ko‘chasidagi 4 ta ko‘p qavatli uy;
Yangi Jarariq mahallasidagi 900 ta xonadon;
Oqibat ko‘chasidagi 150 ta xonadon;
Uyg‘un ko‘chasidagi 150 ta xonadon;
Ipakchilik mahallasidagi 140 ta xonadon.
Shuningdek, 8 ta novvoyxona, 14 ta ovqatlanish shoxobchasi, 8 ta ishlab chiqarish korxonasi hamda 4 ta MTTda ham gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. 3-Issiqlik markazida gaz bosimi meyoridan past bo‘ladi.