Toshkent ko‘chalaridan biri noma’lum muddatga qisman yopildi

Keles yo‘li ko‘chasining bir qismi avtotransport vositalari harakati to‘xtatilmasdan qisman yopildi.
Sputnik
Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Keles yo‘li ko‘chasi ta’mirlash ishlari uchun qisman yopildi, deb xabar berdi poytaxt hokimligi.
Odnu iz ulis Tashkenta perekrili na neopredelenniy srok
“Yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, 2023-yilning 4-yanvaridan ta’mirlash jarayoni yakunlanguniga qadar Keles yo‘li ko‘chasining Toshkent halqa avtomobil yo‘li ko‘prigidan Moyariq ko‘chasigacha bo‘lgan oralig‘i avtotransport vositalari harakati to‘xtatilmagan holda qisman yopiladi”, - deyiladi hokimlik xabarida.
Hokimlik keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.