Qo‘qonda Milliy hunarmandchilik markazi quriladi

Qo‘qonda 2023-2025 yillarda bir necha obyektlarni o‘z ichiga olgan turizm majmuasi qurilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida Milliy hunarmandchilik hamda turistik markazi qurilmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri mahalliy hokimiyat vakillariga asosan.
Qo‘qon shahrida turizm infrstrukturasini rivojlantirish, shaharning turistik jozibadorligi oshirish maqsadida tarixiy obidalar, yo‘l, kommunikatsiyalar yangilanmoqda. Shaharda 24 soat ishlaydigan “food turizm” va hunarmandchilik ko‘chalari tashkil etilmoqda.
Noviy sentr remesel otkroyetsya v Fergane
Hunarmandchilik, “food turizm” ko‘chalari, mehmonxona, hostellar tadbirkorlarning xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish evaziga barpo etiladi.
Qo‘qon shahri Bog‘iston ko‘chasida 12,5 million dollar qiymatdagi (Turkiya investitsiyasi asosida) Milliy hunarmandchilik markazi barpo etiladi.
“O‘zbek milliy hunarmandchiligi rivojida Qo‘qonning o‘z an’anaviy uslubi mavjud. Yangi barpo etiladigan hunarmandchilik markazi ushbu sohaning taraqqiyotiga keng xizmat qiladi. Shuningdek, chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra, yangi turistik markazning ham qurilishi boshlangan. Bu hududga keluvchi mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshiradi”, deydi Qo‘qon shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Norboyev.
MICE (Meetings, Incentives, Conferences and Exhibitions) turizm yo‘nalishi bo‘yicha O‘rda majmuasi, 80 o‘rinli mehmonxona, hunarmandlar saroyi, 4 gektar yer maydonida esa bolalar uchun yozgi oromgoh quriladi.
Yangi tashkil etilayotgan turistik markazda esa logistika markazi, xizmat ko‘rsatish shaxobchalari ham qad ko‘taradi.
“Qo‘qon shahriga yildan yilga xorijiy turistlarning ham tashrifi ortmoqda. Har yili MDH davlatlari, Rossiya, Belarus, Mo‘g‘uliston, Yevropa, Amerika davlatlaridan turistlar kelishadi. Ularni asosan milliy hunarmandchilik, zardo‘zlik, kashtachilik namunalari, o‘zbek milliy taomlari qiziqtiradi”, deydi mutaxassis.
Qurilish ishlari bosqichma-bosqich 2023-2025 yillarda topshirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari ham Farg‘ona viloyatida milliy hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha qator loyihalar amaliyotga tadbiq etib kelinmoqda.
Noviy sentr remesel otkroyetsya v Fergane
Xususan, xalq amaliy san’ati ustalari Milliy katalogiga kirgan, O‘zbekiston Xalq ustasi Muhamadali Yunusov maktabini yaratish xamda uning “Usta-shogird” an’anasini davom ettirish maqsadida 400 nafar ishsiz yoshlarni yog‘och o‘ymakorligi hunarini o‘rganishlari uchun Furqat tumanida “Usta Yusufjon naqqosh nomidagi naqqoshlik va yog‘och o‘ymakorlik maktabi” ishga tushgan. Loyihalar viloyat mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan (7,1 mlrd.so‘m) amalga oshirilmoqda.
“Hunarmandlarga o‘z mahsulotlarini elektron savdo, jumladan “Amazon”, “Ebay” va “ETSY” kabi xalqaro onlayn savdo maydonlariga joylashtirish, reklama va targ‘ibot qilishlariga ko‘maklashish bo‘yicha Farg‘ona viloyatida taniqli hunarmandlardan milliy ipak mato ustasi, to‘qqizinchi avlod vakili Rasuljon Mirzaahmedov, Ibrohimjon Sultonov hamda kashtachilik ustasi Ilhom Davletovlarning va onlayn-savdo platformalari ishga tushirildi.
Shu bilan birga “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarma tomonidan O‘zbekistondagi hunarmandlar xom-ashyo va asbob-ukunalar sotib olishlari mumkin bo‘lgan rasmiy hunaruz.org onlayn-savdo platformasi ish boshladi.
Noviy sentr remesel otkroyetsya v Fergane