"Qamchiq" dovoni vaqtincha yopildi. Yo‘lda qolgan fuqarolar evakuatsiya qilindi

"Qamchiq" dovoni yopilgach, yo‘lda qolgan fuqarolar uchun maxsus reys orqali poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Sputnik
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Ob-havo sharoiti keskin o‘zgarib, kuchli qor yog‘ishi sabab “Qamchiq” dovonida avtotransport vositalarining harakatlanishi taqiqlandi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Ob-havo sharoitining keskin o‘zgarishi, kuchli qor yog‘ishi va ko‘chki xavfi yuzaga kelganini inobatga olib, 4-yanvar kuni soat 00:00 dan boshlab “Qamchiq” dovoni qismida harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatildi”, - deyiladi xabarda.
Grajdane, ostavshiyesya na perevale "Kamchik", evakuirovani
Dovon yo‘li Toshkent viloyati tomonidan “Chinor” muntazam YPX maskanidan va Namangan viloyati hududida “Sherobod” muntazam YPX maskanidan yopib qo‘yildi. Dovon yo‘li ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Vazirlikka ko‘ra, “Qamchiq” dovonida avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgani sabab dovonda qolib ketgan fuqarolar evakuatsiya qilindi.
Grajdane, ostavshiyesya na perevale "Kamchik", evakuirovani
Ma’lum qilinishicha, “Angren Land” oshxonasida FVV rahbarligida daxldor korxona va tashkilotlarning mas’ul va mutasaddilaridan iborat fuqarolarni qabul qilish — evakuatsiya shtabi tuzilib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ hamkorligida yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilarga 902-sonli "Angren – Orzu – Pop" yo‘nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etilgan va isinish maskanlari tashkil etilgan.
Bugun soat 04:42 da Ohangaron, Angren, Orzu temir yo‘l bekat va vokzallaridan Pop vokzaligacha 400 nafar yo‘lovchi poyezdda evakuatsiya qilingan. Shuningdek, 901-sonli "Pop – Angren" yo‘nalishida ham yo‘lda qolib ketgan fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom etmoqda.
“Qamchiq” dovoni yo‘llarida qolib ketgan haydovchilarga FVV qutqaruvchilari tomonidan amaliy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, bir qator oshxonalar fuqarolarni vaqtincha qabul qilish hamda “Angren kon metallurgiya” texnikumi, bir nechta mehmonxonalar esa joylashtirish uchun jalb qilingan.
Qayd etilishicha, “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopilib qolgan vaqtda Qamchiq avtoyo‘l va “Qamchiq” MQOQB, Toshkent viloyati FVBdan jami 113 ta maxsus texnikalar hamda 250 nafar shaxsiy tarkib xizmatga jalb etilgan. Vaziyat FVV rahbariyati nazoratida.