TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida yetakchilar Rossiya-O‘zbekiston ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, turli sohalarda, jumladan, energetika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga intilishini yana bir bor tasdiqladi.
Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidentiga 2022-yil 26-27 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining norasmiy uchrashuvi chog‘ida ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi.