TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining rasmiy vakili o‘rinbosari Farxan Xak Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning “tinchlik sammiti” o‘tkazish tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha savollarni boshqalarga berishni so‘radi, negaki xalqaro tashkiloti bu bilan shug‘ullanmaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Shunday qilib, siz boshqalardan so‘rashingiz kerak. BMT buni tashkil qilmaydi. Ayni paytda bu haqda e’lon qiladigan hech narsamiz yo‘q. Agar voqealar rivojida o‘sish bo‘lsa, biz sizga xabar beramiz”, - dedi Xak Kulebaning so‘zlariga izoh berish so‘ralganda.
Avvalroq Kuleba Ukraina rasmiylari fevral oyi oxirigacha BMT maydonida tashkilot bosh kotibi Antoniu Guterrish vositachiligida “tinchlik sammiti” o‘tkazishni istashini aytgan edi. Guterrish idorasi faqat barcha tomonlar, shu jumladan Rossiya ham rozi bo‘lsa, vositachilik qilishga tayyorligini bildirgan.
RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kulebaning taklifiga izoh berib, hozircha Ukrainaning “tinchlik rejasi” yo‘qligini, Rossiyaning yangi subyektlari bilan birgalikdagi hududlarini hisobga olmagan reja “tinch” bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidladi.