Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya kuchlari DXRni o‘qqa tutgan HIMARSni yo‘q qilishdi

DXRni o‘qqa tutgan kelgan ikkita HIMARS yo‘q qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Rossiya Qurolli Kramatorsk yaqinida Kuchlari batareyaga qarshi jangda DXRni o‘qqa tutgan ikkita HIMARS ko‘p raketali reaktiv tizimini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Ukraina Qurolli kuchlari ular yordamida DXR hududini o‘qqa tutgan, deb xabar berdi seshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi.
"Kramatorsk shahri yaqinida o‘zaro batareya jangida AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS ko‘p raketali reaktiv tizimlarning pozitsiyalari anqlagko‘p uchiruvchi raketa tizimining ikkita uchirgichi yo‘q qilindi, ulardan Donetsk Xalq Respublikasidagi aholi punktlari o‘qqa tutilgan edi."
Undan tashqari Drujkovka temiryo‘l stansiyasida UQK yetkazib berilayotgan AQShning 2ta HIMARS va Chexiyaning 4ta RM-70 reaktiv qurilmalari yo‘q qilingan. Shuningdek zarba oqibatida ushbu qurollar uchun mo‘ljallangan 800 dan ortiq snaradlar ham yo‘q qilingan. Ushbu zarba fransiyalik reportotning to‘g‘ridan-to‘g‘ri efiriga tushib qolgan.
Eslatib o‘tamiz, yangi yil oqshomida Kiyev rejimi DXRning Makeyevka aholi punkti hududidagi Rossiya qurolli kuchlari bo‘linmalaridan birining vaqtincha joylashtirish punktiga AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS ko‘p uchli raketa tizimining oltita raketasi bilan zarba berdi. Havo mudofaa tizimlari raketalardan 2tasini urib tushirdi. Lekin rossiyalik askarlarning vaqtinchalik joylashtirish punktiga kelib tushgan 4ta raketa oqibatida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari va yaqinlariga barcha zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatiladi.