Kiberxavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan memorandum imzolandi

Ushbu Memorandum Mudofaa vazirligi va "Kiberxavfsizlik markazi" DUK orasida aloqalarni rivojlantirish hamda kiberxavfsizlik sohasida ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti hamda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK o‘rtasida memorandum imzolandi.
Tadbir davomida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, xususan, kiberxavfsizlik masalalari, harbiy institut kursantlari uchun talab qilinadigan bilim va ko‘nikmalar olish uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish, qo‘shimcha ta’lim tashabbuslarini tashkil etish hamda qator ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Podpisan memorandum mejdu Minoboroni i Sentrom Kiberbezopasnosti
Shuningdek, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti Kiberxavfsizlik fakulteti o‘quv moddiy bazasidagi Kiberxavfsizlik laboratoriyasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu laboratoriya fakultet kursantlarini kiberxavfsizlik bo‘yicha bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidentining 2022-yil 16-fevraldagi PQ-130-sonli qaroriga asosan Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida “Kiberxavfsizlik fakulteti” tashkil qilingan. Bunga ko‘ra fakultet tarkibida tarmoq va axborot texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi qator kafedralarga asos solingan.
Hozirgi kunda bu yerda mazkur kadrlar tayyorlash jarayoni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, kiberhujum vektorlarini aniqlash, tarmoq va axborot tizimlarida zaifliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, zararli dasturlarga qarshi kurashishning profilaktik usullarini ishlab chiqish, tahdidlar va ularning manbalarini tezkor baholash qobiliyati hisobga olgan holda asosiy e’tibor amaliy mashg‘ulotlarga qaratilmoqda.