Doxada o‘zbekistonlik og‘ir atletikachi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Xolqaro turnirda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 150 nafarga yaqin mahoratli og‘ir atletikachi ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Qatar poytaxti Doxada og‘ir atletika bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan “Qatar kubogi” musobaqasida O‘zbekiston vakili oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu haqida O‘zA xabar qilmoqda.
Yangi yilning ilk oltin medalini 73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Doston Yoqubov qo‘lga kiritdi.
Mahoratli sportchi dast ko‘tarishda 137 kilo, siltab ko‘tarishda 175 va ikkikurash natijasiga ko‘ra 312 kg ko‘rsatkichga erishdi. Shu tariqa o‘zbekistonlik sportchi birvarakayiga 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ushbu turnirda dunyoning 20 dan ortiq mamlakatidan 150 nafarga yaqin mahoratli og‘ir atletikachi 10 ta vaznda g‘oliblik uchun kurash olib bordi.