Yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi

Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida qayd etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. 2023 yil 1-yanvar soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 1312 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda SSV ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, ularning 687 nafari o‘g‘il, 625 nafari qiz. Eng ko‘p tug‘ilish Farg‘ona viloyatida (172 nafar) qayd etilgan.
Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarni:
•Qashqadaryo viloyati (169 nafar);
•Namangan viloyati (137 nafar);
•Surxondaryo viloyati (133 nafar);
•Samarqand viloyati (121 nafar) band etgan.
Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (35 nafar) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
E’tiborlisi, tug‘ilganlarning 7 nafari egizakdir.
“Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda”, deyiladi xabarda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yangi yilning birinchi sutkasida dunyoga kelgan chaqaloqlar soni 2155 nafarni tashkil etmoqda. 2018-yil xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019-yilda 1708 nafar, 2020-yilda 1974 nafar, 2021-yilda 1644 nafar, 2022-yilda esa 2316 chaqaloq tug‘ilgan edi. 2023-yil 1-yanvar kuni dunyoga kelgan go‘daklarning:1056 nafari qiz, 1099 nafari o‘g‘il.