Toshkentdan Olmaotaga uchgan samolyot kuchli turbulentlik hududiga tushib qoldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari olgan.
Sputnik
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Bugun Toshkentdan Olmaotaga uchgan samolyot bortidagi kuchli turbulentlik (girdobli harakat) tufayli yetti nafar yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda “Air Astana” aviakompaniyasi xabar berdi.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yetti nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari olgan. Samolyot 16:45 da Olmaota shahriga qo‘ngan. Reys ekipaji yo‘lovchilarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan”, - deyiladi xabarda.

Samolyot mahalliy vaqt bilan 14:35 da havoga ko‘tarilgan.
Qayd etilishicha, aviakompaniya reys yo‘lovchilariga har tomonlama yordam beradi. Shuningdek, voqea vakolatli organlar tomonidan tekshiriladi.