TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi Akademik xonandalik va opera tayyorlovi kafedrasi professori, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, o‘zbek opera maktabining yorqin vakilasi Muqaddas Nishonovna Rizayeva 97 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Muqaddas Rizayeva
© Madaniyat vazirligi
Ta’kidlanishicha, Muqaddas Rizayeva yuzlab shogirdlar yetishtirgan jonkuyar ustoz, o‘zbek san’ati va madaniyati rivojiga beminnat xizmat qilgan tajribali mutaxassis edi.