“NEXT” savdo majmuasida “Yangi yil bayrami” bo‘lib o‘tadi

Tomoshabinlarni sovrinli o‘yinlar, raqslar va estrada yulduzlarining konserti kutmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Bugun, 2-yanvar kuni “NEXT” savdo majmuasi maydonida “Yangi yil bayrami” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dastur soat 17:30 da “Quvonchli Qorbobo” yangi yil ertagi bilan boshlanadi. Keyin tomoshabinlarni sovrinli o‘yinlar, raqslar va estrada yulduzlarining konserti kutmoqda.
Konsertda Yodgor Mirzajonov, Aziz Rametov, Sanjar va “Osiyona” shou guruhi ishtirok etadi.
Tadbirga kirish bepul.
Eslatib o‘tamiz, 1-yanvardan Yangi O‘zbekiston bog‘ida san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari boshlandi. Bog‘ hududida 1-yanvardan 8-yanvarga qadar aholini turli qiziqarli tomoshalar kutmoqda.