2023 yil Rossiya va dunyo rivojlanishida ko‘p narsani belgilab beradi – Volodin

Rossiya Davlat dumasi raisining aytishicha, 2023-yil umumiy g‘alaba va mamlakat fuqarolarining hamjihatligiga asoslangan taraqqiyot yili bo‘lishi kerak.
Sputnik
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. 2023 yil ham Rossiya, ham butun dunyo rivojlanishida o‘nlab yillar davomidagi ko‘p narsani belgilab beradi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasi spikeri Vacheslav Volodin ma’lum qildi.
Uning aytishicha, 2023-yil umumiy g‘alaba va mamlakat fuqarolarining hamjihatligiga asoslangan taraqqiyot yili bo‘lishi kerak.

“2023 yil Rossiyaning, qolaversa, butun dunyoning ko‘p o‘n yilliklar taraqqiyotidagi ko‘p narsani belgilab beradi. Kelgusi yil fuqarolarimizning hamjihatligiga asoslangan holda, taraqqiyot yili, umumiy g‘alaba yili bo‘lishi kerak”, - deydi Volodin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, buni imkon qadar tezroq amalga oshirish uchun har bir kishi o‘z hududida samaraliroq ishlashi kerak.
Davlat dumasi spikerining ta’kidlashicha, 2022-yilda Rossiyada tarixiy voqealar sodir bo‘ldi. Volodinning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat fuqarolari birgalikda Rossiya duch kelgan sanksiyalar va qiyinchiliklarga qarshi tura oldi.

“Bundan tashqari, prezident Vladimir Putin tomonidan Rossiya Federatsiyasi suvereniteti va xavfsizligini himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha taqdirni belgilovchi qarorlar qabul qilindi”, - dedi Volodin.

Uning aytishicha, 2023-yilda 2022-yilda boshlangan jarayonlarning natijalari ko‘rinadi.