Yangi yilni nishonlashda hech qanday diniy taqiq yo‘q – Rossiya muftiysi

Muftiy Ravil Gaynutdin: Insonlar bir-birlariga, ayniqsa bolalarga sovg‘a ulashishda qandaydir taqiqni ko‘rmayapman.
Sputnik
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. Yangi yilni nishonlashda hech qanday diniy taqiq yo‘q, odamlar bayramlarda bir-birlarini xursand qilishlari kerak. Bu haqda Rossiya musulmonlari diniy idorasi raisi, Rossiya muftiylar kengashi raisi muftiy Ravil Gaynutdin RIA Novostiga ma’lum qildi.

“Muftiy, diniy arbob va mamlakat fuqarosi sifatida aytishim mumkinki, biz yaqinlar va do‘stlarni xursand qilishimiz kerak. Shuning uchun men hamurtlarimni biz amalda yashayotgan Grigorian taqvimiga ko‘ra Yangi yil bilan tabriklayman. Insonlar bir-birlariga, ayniqsa bolalarga sovg‘a ulashishda qandaydir taqiqni ko‘rmayapman”, - deydi muftiy.

Diniy arbobning so‘zlariga ko‘ra, islom diniga e’tiqod qiluvchilar musulmon taqvimiga amal qilishlari bilan ajralib turadi, biroq ular o‘z davlatlarida Grigorian taqvimini ham hisobga oladi.

"Bunda murakkab narsa yo‘q. Musulmonlarning yangi yili kelganda, din talab qilganidek, Qur’on o‘qiymiz, Grigorian Yangi yili kelganda esa bir-birimizga sovg‘alar beramiz", - deya xulosa qildi muftiy.