O‘n oy davomida maxsus operatsiya mamlakatga sezilarli ijobiy natijalar keltirdi, ko‘p qutbli dunyoda barobar va bo‘linmas xavfsizlik tamoyillarini mustahkamlashga ko‘maklashdi.
Shuni yodda tutmoq zarurki, Rossiyaga oxirigacha voqealar rivoji harbiy tus olmasligiga urindi. Moskva 2021-yil 15-dekabr kuni Vashington va Brusselga o‘zaro xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi shartnomalar loyihalarini yubordi. NATOning sharqqa siljishidan voz kechish, alyansning xorijiy qo‘shinlarini 1997-yildagi chegaralariga qaytarish, Ukraina va Sharqiy Yevropa, Kavkazorti, Markaziy Osiyo hududidagi har qanday harbiy faoliyatdan voz kechishni taklif qildi.
G‘arb Kremlning asosiy takliflarini qat’iy rad etdi, va Rossiyaning Ukrainadagi harbiy maxsus operatsiyasi muqarrar bo‘ldi.
Avvaliga maxsus operatsiyaning nomuayan vaqt muddati turli prognozlar va munozaralar uchun maydon yaratdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqindagi harbiy maxsus operatsiya “uzoq muddatli jarayon” haqidagi bayonoti Moskvaning natijaga erishishga qat’iy qaror qilganidan dalolat beradi. Putin ta’kidladiki, Rossiya o‘z manfaatlarini barcha mavjud vositalar bilan himoya qiladi. Yadro urushi xavfi ortib borayotganiga qaramay, Kreml o‘zining yadro qurolini – boshqa yadroviy derjavalarnikiga qaraganda “mukammalroq va zamonaviyroq” – mojaroni keskinlashtiruvchi emas, balki tiyib turuvchi vosita sifatida ko‘radi. Shubhasiz, maxsus operatsiya maqsadlariga oldinga qo‘yilgan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish zarur bo‘lgan vositalarni ham qo‘llab erishiladi.
2022 yilda Rossiya harbiy maxsus operatsiyasi hududidagi jangovar xatti-harakatlarning asosiy yakunlari:
Rossiya tarkibiga to‘rtta yangi, tarixan integratsiya bo‘lgan mintaqalarning qo‘shilishi, ular aholisi bir necha milliondan oshadi;
Rossiya strategik xavfsizligining mustahkamlanishi – ichki Azov dengizi, va Ukrainadagi NATO bazalari, Pentagon biolaboratoriyalarning yo‘q qilinishi evaziga;
AQSh va uning ittifoqchilari bilan muqarrar va uzoq muddatli kurashni inobatga olgan holda Rossiya harbiy qurilishi va mudofaa sanoat kompleksi safarbarligi faollashishi;
Ukraina tank desant qo‘shinida NATO qurol-yarog‘lari tugashi;
iqtisodiy aloqalarning boshqa joylarga yo‘naltirilishi va Rossiyaning xalqaro obro‘si oshishi, Rossiyaga qarshi sanksiyalardan G‘arb iqtisodiyotining beqarorlashishi.
Rossiyaning yangi mintaqalari
2022 yil 6-oktabr kuni to‘rtta yangi mintaqa Rossiya subyektlarining konstitutsiyaviy ro‘yxatiga kiritildi. Rossiya tarkibida DXR va LXR respublika maqomi va avvalgi nomlarini saqlab qoldi, Zaporojye va Xerson viloyatlari tarixiy Vataniga Federatsiyaning alohida subyektlari sifatida qaytdi. 23-27 sentab kunlar bu mintaqalarda referendumlar bo‘lib o‘tdi, Rossiya tarkibiga qo‘shilishni yoqlab quyidagi ovoz berishdi: DXRda saylovchilarning 99,23 foizi, LXRda 98,42 foizi, Zaporojye viloyatida 93,11 foizi, Xerson viloyatida 87,05 foizi.
Rossiyaga 6 milliondan ziyod kishi va 100 ming kv.km hudud qaytdi. Vladimir Putinning fikricha, referendumning asosiy natijasi – “Odamlar Rossiyada bo‘lishni istashadi va o‘zlarini bu dunyoning bir qismi, madaniyatimiz, an’analarimiz, tilimiz umumiy bo‘lgan bu makonning bir qismi deb hisoblashadi”.
Yangi mintaqalarning sanoat-agrar salohiyati, tabiiy zaxiralari va foydali qazilmalari zaxiralariga qayta baho berish mushkul. Zaporojye AES va IES yiliga 40 mlrd kVt soat atrofida elektr energiya ishlab chiqarishga qodir. Donbass konchilari yiliga 24 million tonnagacha ko‘mir qazib olishadi.
AQSh Kiyevda 2014-yilda tashkil etgan qurolli davlat to‘ntarishi va Donbassdagi sakkiz yillik fuqarolar urushidan oldingi davrni inobatga olsak, yangi hudud, kattaligi bo‘yicha Bolgariya (111 ming km.kv) yoki Vengriya (93 ming km.kv) bilan taqqoslana oladigan, Rossiya xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Strategik xavfsizlik
Azov dengizi ichki dengiz bo‘ldi, ya’ni to‘liq Rossiya nazorati ostida. Rossiya Janubiyning muhim ma’muriy va harbiy markazlariga yaqin o‘rtada NATO bazalari va razvedka markazlari paydo bo‘lishi tahdid solmaydi. Eslataman, maxsus harbiy operatsiya chog‘ida ukrain tank desant qo‘shinida NATOning 11 ta harbiy obyekti va bazalari yo‘q qilindi, Pentagonning 30 ta biolaboratoriyasi aniqlanib, yakson qilindi.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, maxsus operatsiyaning 10 oyi davomida Ukraina Qurolli kuchlarining 530 tadan ziyod samolyoti, 2700 ta droni, 400 ta zenit raketa kompleksi, 7130 ta tanki va boshqa zihrli mashinasi, 3700 ta artilleriya uskunasi va minomoti, 931 ta zalp bilan ot ochuvchi tizimlari yo‘q qilingan. Statistika dalolat beradiki, UQKning 2022-yil 24-fevraldagi salohiyati namunasi kamida uch marta yo‘q qilingan.
Yevropa komissiyasi va mustaqil ekspertlar ma’lumotlariga ko‘ra, UQK yo‘qotishlari 100 mingdan 400 ming kishini, jumladan, xorijlik “ko‘ngillarni” tashkil etadi.
Rossiya qo‘shinlari maxsus harbiy operatsiya hududida mana bir necha oydirki Pentagon va NATOning harbiy salohiyatini yo‘q qilish bilan samarali shug‘ullanmoqda. AQSh va uning ittifoqchilari qurol-yarog‘ning “o‘ta real” yetishmasligi muammosiga duch kelishdi va buni jiddiy muammo deb bilishmoqda.
NATO qurol-yarog‘i omborining oxiri ko‘rinmoqda
Rossiya qo‘shinlarining maxsus harbiy operatsiyasi hududidagi strategik ustunligi va samarali hujumkor xatti-harakatlari AQShning 19 milliard dollari va YeIning 22 milliard yevrosi bu yil havoga uchirilganini isbotlaydi. Vashington Kiyevga qurol yetkazib berishni kengaytirishga intilmoqda va Ukrainaga ATASM va boshqa uzoq masofaga uchadigan zarba beruvchi qurollarni berish yadro mojarosiga olib kelishidan xavfsiramoqda. Moskva bu tashvishga sherik – yadro urushi tahdidi “kuchaymoqda”.
AQSh va uning ittifoqchilari Kiyevga yana 20 milliard dollarlik harbiy yordam va’da qilishdi, ammo Ukrainadagi jangovar harakatlar jadalligi malakali ishchi kuchi yetishmasligi, inflyatsiya va boshqa omillar bilan uyg‘unlikda G‘arbning o‘zida zaruriy qurol-yarog‘ni ishlab chiqarishni qiyinlashtirishdi va narxini oshirdi.
AQSh Vakillar palatasi va Senati 7-dekabr kuni zaxiralari Ukrainadagi tez ado bo‘lgan ko‘p yillik o‘q-dori xarid qilish to‘g‘risida kelishib olishdi. Ro‘yxat juda uzun: 864 mingta 155-mm artilleriya snaradi, 12 ta AGM–179 “havo-yer” raketasi, 700 ta HIMARS tizimi, 1700 ta ATACMS taktik raketasi, 2600 ta Harpoon va 1250 ta boshqa kemaga qarshi raketa, 106 mingta GMLRS reaktiv snaradi, 5600 ta “Stinger”, 28300 ta “Javelin” va yana ko‘plab boshqa narsalar.
O‘z rejalarini amalga oshirish uchun agressorlarning harbiy sanoat kompleksining quvvati yetmaydi. Pentagon va NATOning budjeti va qurol-yarog‘i qanchalik ko‘proq tugasa, Rossiya bilan jang qilmoqchi bo‘lgan shunchalik kam bo‘ladi va Vashington va Brusselning o‘zaro yon beruvchi yechimlarni izlashga tayyorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Tinchlik shartligi shuncha yaqin bo‘ladi. Ularni Rosssiya g‘olib sifatida (Vashington qo‘g‘irchog‘i Ukrainaga qarshi maxsus operatsiyada mag‘lub bo‘lmasligi oldindan ma’lum sayyoradagi eng qudratli yadro davlat) ayttirib yozdiradi. Keyin esa, Rossiya TIV ta’kidiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning Rossiya xalqiga qarshi terrori uchun mas’uliyatdan bo‘yin tovlash qo‘lidan kelmaydi.
Harbiy qurilish va Rossiya mudofaa sanoat kompleksi
Rossiya Qurolli kuchlari 2022-yilda o‘zining jangovar salohiyatini sezilarli oshirdi. 300 ming harbiy xizmatchilarni qisman safarbar qilish maxsus harbiy operatsiyaning oldingi joylaridagi bo‘linmalarini mustahkamlash (qo‘shimcha 77 ming nafar jangchi), Donbassdagi hujumkor harakatlarni faollashtirish, “jangovar zaxira” (150 ming kishi) va jang chiziqlarining alohida hududlarida eshelon mudofaasini tuzish imkonini berdi.
Rossiya harbiy komissariatlari qo‘shinlarni maxsus operatsiyada ishtirok etish uchun ko‘ngillilar bilan to‘ldirishda davom etmoqda. Qo‘shimcha safarbarlikka hojat yo‘q.
Rossiya mudofaa sanoat kompleksi korxonalari zamonaviy qurol-yarog‘ va maxsus texnika ishlab chiqarish soni va hajmini bir necha baravarga oshirdi. Jumladan, yangi tamoyillarga asoslangan eng kuchli zarba beruvchi vositalar. Allachachon ma’lumki, Ukrainadagi maxsus operatsiyasining qonuniy yakuni Rossiya Qurolli kuchlarining yanada isloh qilinishi va qudrati o‘sishi bo‘ladi.
Buni fonida Amerikaning “Newsweek” jurnali Ukrainani demilitaritsiya qilishning prinsipial yakunini qayd etdi: “Rossiya o‘z iqtisodiyotini harbiy yo‘singa o‘tkazdi, zaxiradagilarni chaqirib, yuz ming harbiy xizmatchilarni to‘pladi... Bu armiya eng zamonaviy Rossiya quroli bilan ta’minlangan va G‘arbning ko‘plab xabarlariga qaramay, tushkun holatda emas. Ukraina, boshqa tomondan, o‘z qurol-aslahalarini bitirdi va jangovar harakatlarni davom ettirishda to‘liq G‘arbning harbiy ko‘magiga muhtoj”.
Xalqaro shov-shuv
Ilgari dunyoning aksariyat mamlakatlari Amerika “gegemoniyasidan” jabr ko‘rgan, va Rossiyaning maxsus operatsiyasiga tushunish ko‘zi bilan qaramoqda. Dunyo tamadduni kelajagini faqat ko‘p qutboli dunyo tuzilishi ta’minlaydi (sayyorada 8 milliarddan ziyod kishi yashaydi). Rossiya Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya formatida xavfsizlikning barobar va bo‘linmas tamoyillarini tasdiqlaydi. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov 2022-yil dekabrida globalizatsiyaning amerikacha modelining kuni bitganini ma’lum qildi. G‘arb mamlakatlarining o‘ylab chiqargan liderligiga bog‘liq moliya logistika tizimi albatta o‘zgartirilishidan ogohlantirdi.
Sharqda vaziyat umuman boshqacha. 2022-yilda Rossiya va Xitoy yanada yaqinlashishdi. Moskva va Pekinni umumiy xavfsizlik tahdidi, AQShning Yevropa va Osiyoda ustunlikni qo‘lga olishiga yo‘l qo‘ymasligiga intilish yaqinlashtirmoqda. Rossiya va Xitoyning Osiyo-Tinch mintaqasidagi strategik bombardimonchilarining qo‘shma qo‘riqlashi rejali, doimiy asosda amalga oshirilmoqda.
“Wall Street Journal” gazetasi Xitoy hukumatidagi maslahatchilarga tayangan holda Xitoy Rossiyaga bo‘lgan uzoq muddatli umidini oshirmoqda. Moskva va Pekin moliyaviy operatsiyalarini milliy valyutalarda oshirishni ko‘paytirgan. Xitoy Rossiya nefti, gazi va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari importini oshirish niyatida. Arktikada faolroq hamkorlik, Rossiya infratuzilmasiga sarmoya kiritmoqchi.
“Washington Post” gazetasi Kiyev rejimining g‘oyat noxush istiqbollarini ta’riflab berdi va xulosa qildiki: “Kreml Ukraina iqtisodiyotini harbiy harakatlarning markaziy teatriga aylantirdi... Unda Moskva front chizig‘iga qaraganda hatto ko‘proq muvaffaqiyatga erishmoqda”. Ukrainaning Rossiyaning yangi mintaqalariga yetkazgan zarari uchun tovoni “iqtisodiy bliskrigning” mantiqli davomi va milliy manfaatlar uchun kurash bo‘ladi. Eslataman, birgina Donbassning o‘zida 2014-yildan buyon 3800 ta fuqarolik infratuzilmasi vayron qilingan, zarar 1,3 trln rubldan oshgan.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi amerikacha “qoidalar” bo‘yicha yashashni istaymaydiganlar, butun ko‘p qutbli dunyoga foydali bo‘ldi.
Maxsus harbiy operatsiyaga baho berish va Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilarining (sayyoraning 12 foizdan kamroq aholisi) kelajakka mo‘ljali insoniyatning keyingi rivojlanishi uchun aniqlab beruvchi bo‘lmaydi.