Vazirliklarga yangi rahbarlar tayinlandi. Kimlar lavozimini saqlab qoldi?

Yangi tayinlangan vazirlar orasida yangi ismlar ham bor.
Sputnik
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. O‘zbekiston hukumatidagi qator vazirliklarga yangi rahbarlar tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Prezident farmoni bilan:
Sherzod Davlatovich Kudbiyev iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga;
Laziz Shavkatovich Qudratov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri lavozimiga;
Bobir Farhodovich Islamov tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri lavozimiga;
Botir Erkinovich Zokirov qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri lavozimiga;
Behzod Anvarovich Musayev kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri lavozimiga;
Ibrohim Yo‘lchiyevich Abdurahmonov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga;
Hilola O‘ktamovna Umarova maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga;
Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov tabiat resurslari vaziri lavozimiga;
Adham Ilhomovich Ikromov yoshlar siyosati va sport vaziri lavozimiga;
Sherzod Xotamovich Shermatov raqamli texnologiyalar vaziri lavozimiga;
Ozodbek Ahmadovich Nazarbekov madaniyat va turizm vaziri lavozimiga;
Jo‘rabek Tursunpo‘latovich Mirzamahmudov energetika vaziri lavozimiga;
Amrillo Shodiyevich Inoyatov sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2023-yil 1-yanvardan Vazirlar Mahkamasi tarkibidagi vazirliklar 25 tadan 21 taga qisqartirilmoqda.