Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Doneskdagi aholi punktini ozod qildi

Janglarda Ukraina Qurolli kuchlarining 50 nafargacha harbiy xizmatchisi va bir qancha texnikasi yo‘q qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Zaporojye viloyatining Dorojnyanka qishlog‘ini ozod qildi, Ukraina Qurolli kuchlarining 50 ga yaqin harbiy bo‘linmasi yo‘q qilindi. Bu haqda shanba kuni RF Mudofaa vazirligi rasmiy vakili, general-leytenant Igor Konashenkov ma’lum qildi.
“Rossiya qo‘shinlarining janubiy Donesk yo‘nalishidagi muvaffaqiyatli hujum harakatlari natijasida Zaporoje viloyatidagi Dorojnyanka aholi punkti ozod etildi”, - degan u.
Konashenkov shuningdek, janglarda Ukraina Qurolli kuchlarining 50 nafargacha harbiy xizmatchisi, uchta piyodalar jangovar mashinasi, ikkita zirhli jangovar mashina va beshta pikap yo‘q qilinganiga aniqlik kiritgan.
Harbiy idora vakili frontning boshqa yo‘nalishlaridagi jangovar harakatlar haqida ham ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, Kupansk yo‘nalishida artilleriya va armiya aviatsiyasi Xarkov viloyatidagi Timkovka, Kislovka va Novoselovskiy hududlarida Ukraina harbiylarining uchta taktik guruhini mag‘lub etgan.
Krasnolimanskiy yo‘nalishida, LXRdagi Serebranka hududida, Ukraina bo‘linmalari 140 nfar harbiy xizmatchisini yo‘qotgan, beshta tank, yettita zirhli mashina va to‘rtta pikap yo‘q qilingan, Donesk yo‘nalishida esa 80 dan ortiq ukrainalik askarlar, ikkita zirhli transport vositasi, to‘rtta bronetransport va uchta pikap yakson qilingan.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Shu fonda Amerika Qo‘shma Shtatlari va uning NATO bo‘ylab ittifoqchilari Kiyev rejimiga qurollar berishda davom etmoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish faqat mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.