Bosh vazirga to‘rtta o‘rinbosar tayinlandi

Bosh vazirning o‘rinbosarlari prezident farmoni bilan lavozimiga qayta tayinlandi.
Sputnik
TOShKENT, 31 dek - Sputnik. O‘zbekiston bosh vazirining to‘rt nafar o‘rinbosari lavozimiga qaytadan tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.
O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan:
Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
Jamshid Anvarovich Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga;
Zulayxo Bahriddinovna Mahkamova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosarlarining soni 8 tadan 4 taga qisqartirilgandi.
Shuningdek, endilikda bosh vazir o‘rinbosarlari bir vaqtning o‘zida boshqa vazirlikka rahbarlik qila olmaydi.