Aftidan, NATO o‘zgacha jihatlarini topganga o‘xshaydi. G‘arbning yirik OAVlari bundesverga darhol qattiq tanqidlar bilan hujum qilishdi va ko‘plab aylovlar qo‘yishmoqda: Ukrainaga yordamning yetishmasligidan tortib, jang qilishga layoqatsizlikkacha. Nega Berlin ittifoqdoshlar uchun ortiqcha dahmaza bo‘lib qoldi - bu haqida RIA Novostida batafsil.
Muammoli jangovar piyoda mashinalari
Ma’lumki, Germaniyada mashinasozlik juda rivojlangan - oddiy mashinadan tortib, harbiy mashinalargacha. Nemis avtomobillari va harbiy texnikalari uzoq yillar mobaynida sifat namunasi sifatida ko‘rsatib kelingan. Biroq, Rheinmetall konserni ishlab chiqaruvchilari kenja arzandalarini oxirigacha takomillashtirmagan ko‘rinadi. Puma jangovar piyoda mashinalari 2015-yilda qurollar safiga kiritilgan. Armiya ehtiyojlari uchun 350 ta ishlab chiqarilgan.
Ushbu jangovar piyoda mashinalari dunyoda eng og‘ir va qimmatbaho hisoblanadi. Qog‘ozda taktik texnik xarakteristika yanada hayratlanarli. Jangovar massasi - 43 tonna, yon zirhlari 45 millimetrlik snardaga dosh bera oladi. MUSS faol himoya kompleksi, tez o‘qotar 30 millimetrlik avtomatik pushka, 1088 ot kuchiga teng dvigatel, shosse bo‘yicha tezlig- soatiga 70 kmgacha. Ekipaj 3 kishiga mo‘ljallangan, desant bo‘limida olti nafargacha kishi joylashishi mumkin. O‘t ochishni boshqarish tizimi zarba aniqligini oshiradi va texnikaning boshqa texnikalar bilan aloqasini yaxshilaydi.
Mashinalar qo‘shinlarga topshirilganda muammolar aniq bo‘ldi. Ular juda injiq va texnik xizmatlarning yuqori darajadagi e’tiborini talab qiladi, bir qancha “bolalar”kasali bilan og‘rishi ham ma’lum bo‘ldi.
Yaqinda bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotlarda turli sabablarga ko‘ra shay bo‘lgan barcha 18 ta Puma jangovar piyoda mashinalari safdan chiqarildi. Eng keng tarqalgan sababi - minora burilishi mexanizmidagi nuqsonlar, “to‘xtab qoladigan” pushka va elektronikadagi nosozliklar. Hatto bir mashinaning haydovchi kabinasida yong‘in ro‘y bergan. Natijada, Berlin vaqtinchalik mashinalarni sotib olishni to‘xtatdi.
2024 yilning yanvarida ushbu 18 ta Puma jangovar piyoda mashinalari NATOning yuqori darajadagi shaylik holati operativ guruhi - alyansning favqulodda vaziyatlarda zudlik bilan javob berish bo‘yicha asosiy ko‘p millatli bo‘linmalariga kiritishlari mumkin edi. Biroq, muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, bundesver qo‘mondonligi 1970-yilda qurollar safiga kiritilgan Marder jangovar piyoda mashinalarini jalb qilishga qaror qildi.
Bu Vashington va Brusselni xursand qilishi dargumon.
Artilleriya tanqisligi
Yana bir muammo - stvol artilleriyaning kichik zaxirasi. Germaniya Mudofaa vazirligining The Timesda e’lon qilingan ma’lumotlariga ko‘ra, 155 millimetr kalibrli PzH 2000 o‘ziyurar gaubitsalarining 121 tasidan qariyb 80 tasi harbiy xizmat uchun yaroqsiz. Bundan tashqari, Ukrainaga yetkazib berilgan 14 ta o‘ziyurardan 6 tasi ehtiyot qismlari yetishmasligi sabab ta’mirlash uchun Litvaga jo‘natilgan. Yevropa gaubitsalari harbiy harakatlar shiddatiga dosh bera olmaydi va resurslarni tezda xarjlab qo‘yishmoqda.
Sovuq fasl uchun maxsus yoqilg‘i-moylash materiallari ham yetarli emas. Hozircha Ukraina omborlarida yetarlicha bo‘lgan yoqilg‘i-moylash materiallari o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. Hozir Donbassda haqiqiy “loy vanna”lari bo‘layotganini va frontni ta’minlash murakkablashganini hisobga olsak, Ukraina artilleriyachilari qandaydir fursatda umuman g‘arb pushkalarisiz qolishi xavfi ham yo‘q emas.
Bundesverda o‘q-dorilar bilan ham muammolar bor. Die Welt gazetasi snaradlar intentiv harbiy harakatlarda necha kunga yetishini sanab chiqdi. Tezda o‘rnini qoplash imkonsiz: mudofaa sanoati 155 millimetrlik kalibrni ommaviy ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan.
Xomashyo tanqisligi ham vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqda. Germaniya ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan paxta lintlarini Xitoydan keltiradi. U yerda esa noma’lum sabablarga ko‘ra, navbatdagi partiyaning yetkazib berilishi to‘xtab qoldi. Bundesverda bu material buyurtmalarini bajarish vaqti uch barobarga ko‘payganini tan olindi.
Samolyotlar va odamlar yetishmasligi
Spiegel nashrining ta’kidlashicha, Qurolli Kuchlar qurol va texnikaning barcha jabhasida qiyinchiliklarni his qilmoqda. Baholarga ko‘ra, Quruqlik qo‘shinlarining jangovar shayligi - 41%.
Avvalroq, Harbiy-havo kuchlari mudofaa vazirligini 77 ta ko‘p maqsadli NH-90 vertoletlaridan nisbatan 44 tasi tuzatilgani, jangovar shaylikka esa atigi to‘qqiztasi tayyorligini ma’lum qilgan edi.
“Tigr” zarba beruvchi samoletlar bilan ham vaziyat xursand qilar darajada emas. 53ta sotib olingan mashinadan qo‘shinlar safida 36 ta, jangovar shaylikda esa 12tasi. Qolaversa, “Tigr”dan foydalanish Bundesverning xorijdagi har qanday operatsiyasida o‘ta zarur bo‘ladi. Chunki bu o‘t ochuvchi vertoletlardan asosiysi.
93 ta “Tornado” bombardimonchilaridan qo‘shinlar safida 57 ta, jangovar shaylikda- 20 ta. Bu allaqachon eskirgan model, biroq GFRning koalitsion hukumatida hozirgacha uning vorisi haqida bahslar ketmoqda. Masalan, Germaniya sotsial-demokratik partiyasi Amerika havo texnikalarini sotib olishga qarshi chiqmoqda.
“Tornado” reaktiv samolyotlarning 3-avlodiga mansub. 1980-yilda qurollar safiga qabul qilingan. Aynan ushbu mashina Amerikaning Germaniyada joylashgan yadroviy bombalarining shtat tashuvchisi hisoblanadi.
Biroq, jangovar tayyorgarlikka yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, aviatsiya, artilleriya va kiberbo‘linmalarda. GFR qo‘shinlarining barcha tur va bo‘lishmalarda 21 ming nafar kadr yetishmasligi kuzatilmoqda. Va mudofaa vaziri Kristina Lambrext ushbu muammolarni qanday hal qilmoqchi ekani ham ma’lum emas. Germaniya sanoati Rossiya yetkazib beradigan arzon energotashuvchilarga muhtoj. Moskvaga qarshi sanksiyalar kiritib, Berlin o‘z armiyasini halokat yoqasida qoldirdi.