TOShKENT, 30 dek - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligina yangi rahbar tayinlandi. Bu haqida prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmonlari bilan:
Vladimir Imamovich Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi;
Baxtiyor Odilovich Saidov O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.
Baxtiyor Saidov 1981-yilda tug‘ilgan. Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi. Ilgari Vazirlar Mahkamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ishlagan. 2017-yil iyulidan O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi. 2018-yil aprel oyida u bir vaqtning o‘zida Mo‘g‘ulistondagi elchi, 2019-yil iyul oyida qarorgohi Pekinda bo‘lgan Filippindagi elchisi lavozimlarida ishlagan.