Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya QK haqidagi ma’lumotlarni Kiyevga uzatishda gumonlangan ayol qo‘lga olindi – manba

Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari uzatilgan ma’lumotlardan Svatovodagi fuqarolik infratuzilmasiga artilleriya zarbalari berish uchun ham foydalanishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Rossiya maxsus xizmatlari Lugansk xalq respublikasining ozod etilgan Svatovo shahrida yashovchiayolni qo‘lga oldi, u Rossiya harbiylari va texnikasining Kiyev tomon oldinga harakati haqidagi ma’lumotlarni uzatganlikda gumon qilingan. Bu haqda RIA Novostiga LXR kuch tuzilmalaridagi manba xabar berdi.
“LXRdagi maxsus xizmatlar Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari qo‘shinlari va texnikasining oldinga harakati haqidagi ma’lumotlarni xorijiy razvedkaga uzatishda gumon qilingan Svatovo shahrida yashovchi ayolni qo‘lga oldi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Ukraina Qurolli kuchlari uzatilgan ma’lumotlardan Svatovodagi fuqarolik infratuzilmasiga artilleriya zarbalari berish uchun ham foydalanishi mumkin.
Donbassda bu yo‘nalishdagi vaziyat bir necha oy oldin keskinlashgan. Ukraina kuchlari muntazam ravishda Svatovoni Amerikaning HIMARS raketa tizimlari bilan o‘qqa tutmoqda va strategik muhim hududda mudofaani yorib o‘tishga harakat qilmoqda, chunki bu respublikaning bir qancha aholi punktlariga yo‘l ochishi mumkin.