Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Qodirov harbiy asirlarni “hammani hammaga” formatida almashishga qarshi chiqdi

Biroq, u nima uchun bunday almashinuvni noto‘g‘ri deb bilishini tushuntirmadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Ukraina tomoni bilan harbiy asirlarni “hammani hammaga” formatida almashish mumkin emas, deydi Checheniston rahbari Ramzan Qodirov.
“Mudofaa vazirligi, Federal xavfsizlik xizmati nima yaxshi ekanini biladi. Lekin hammani hammaga – bunday bo‘lmasligi kerak”, dedi Qodirov.
Biroq, u nima uchun bunday almashinuvni noto‘g‘ri deb bilishini tushuntirmadi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.