Qashqadaryoda 31 metrlik archa o‘rnatildi

Qashqadaryoda o‘rnatilgan 31 metrlik archa viloyat aholisi va mehmonlarning ko‘nglini chog‘ qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatri ro‘parasidagi maydonda baland va ko‘rkam, rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan bayram archasi o‘rnatildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
31 metrlik archani tomosha qilish uchun viloyat aholisi va mehmonlar tashrif buyurmoqda. Bu yerga keluvchilarga bayram shukuhini ulashish maqsadida turli ko‘ngilochar tomoshalar, bayram dasturlari tashkil etilmoqda.