TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Odessaliklar 29-dekabr kuni tunda olib tashlangan shahar asoschilari yodgorligi poyiga gullar olib kelishmoqda.
Rasmiy xabarlarda aytilishiga ko‘ra "yodgorliklarni olib tashlash uchun shahar aholisi "Faol fuqaro" portalida ovoz bergan".
B️iroz oldin Odessa meri Truxanov ushbu yodgorliklarni buzib tashlash jamiyatda norozilik keltirib chiqarishi mumkinligini va Rossiyaga xayrixoh bo‘lgan kayfiyatlar kuchayishiga olib kelishi mumkinligini aytgan edi.
Shundan so‘ng Ukraina prezidenti va SBU va Ichki ishlar vazirligiga Odessa merni Kiyevga sodiqligini tekshirishni buyurgan edi.
Ma’lumot uchun, Odessa shahri 1794-yilda Suvorov qo‘shinlari tomonidan ozod qilingan qal’a o‘rnida Rossiya imperatori Yekaterina II buyrug‘iga asosan qurila boshlagan. Uning buyrug‘iga asosan bu yerda yangi port va yangi qal’a qurilgan. Bu ishga gollandiyalik harbiy injener taklif qilingan. 1795-yilda shaharga Odessa nomi berilgan.
"Odessa asoschilari" yodgorligi 1900-yilda ochilgan edi. Yodgorlik markazida Yekaterina II haykali va uning atrofida 4 nafar shahar qurilishiga katta hissa qo‘shgan sarkarda va davlat arboblari haykali o‘rnatilgan edi. Aytish joizki, sovet davrida ham ushbu yodgorlik olib tashlangan va 2007-yilda Odessa shahar ma’muriyati qaroriga ko‘ra qayta tiklangan edi.