Futbol qiroli Pele vafot etdi - video

Afsonaviy futbolchi o‘limga u 2021-yildan beri kurashayotgan yo‘g‘on ichak saratoni sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Afsonaviy braziliyalik futbolchi Pele 82 yoshda vafot etdi. O‘limga u 2021-yildan beri kurashayotgan yo‘g‘on ichak saratoni sabab bo‘lgan. Bu haqda uning agenti AP xabar berdi.
Pele yagona uch karra jahon chempioni. Faoliyati davomida u 1363 ta o‘yinda 1289 ta gol urgan. Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Peleni hech qachon Olimpiya o‘yinlarida qatnashmaganiga qaramay, XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb tan olgan.
Pele FIFA talqiniga ko‘ra XX asrning eng yaxshi futbolchisi sifatida ham tan olingan. Bu unvon unga dunyodagi ko‘plab eng yirik sport nashrlari tomonidan berilgan.
Ikki yil oldin Maradona vafotidan so‘ng u shunday deb yozgandi: bir kuni biz osmonda to‘p tepamiz.
Pelening eng mashhur gollaridan biri - 1958-yilda Stokgolmda bo‘lib o‘tgan JCh finalida Shvetsiya darvozasiga urgan goldir.
Yaqinda Qatarda bo‘lib o‘tgan JCh-2022 g‘olibi Lionel Messi Pelening xotirasiga atab post qoldirdi.
Lionel Messi
"Pele, joyingiz jannatda bo‘lsin", - deb yozgan Messi.