TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Yangi yilni qanday kiyimda nishonlashni o‘ylamagan bo‘lsangiz, ushbu maqola siz uchun foydali bo‘ladi. Bu kechada qayerda bo‘lishingiz unchalik muhim emas,qanday kiyimda bo‘lishingiz muhimroq.
Uydami, mehmondorchilikdami yoki restoranda, bu ahamiyatsiz. Siz ushbu kechada chiroyli ko‘rinishda bo‘lishingiz shart. Yangi yil kechasida qanday rangli kiyimda bo‘lishingizga e’tibor bering. Hatto munajjimlar ham kelgusi yilda nimani xohlayotganingizga qarab, ma’lum ranglarda kiyim kiyishni maslahat beradi.
Agar sevgi borasida omadingiz bo‘lmasa, sutrangdan och kul ranggacha bo‘lgan ranglarda kiyim tanlash tavsiya etiladi. Agar 2023-yilda omadni ketidan tutmoqchi bo‘lsangiz, Yangi yil uchun qora kiyim kiyish aytilgan.
Quyon qulaylik va minimalizmni yaxshi ko‘radi, qulaylik esa har doim qadrlanadi. Va bu, ayniqsa, yangi yilni uyda nishonlaydiganlar uchun muhim.
Yangi yilni uyda nishonlaydiganlar kiyinishni haddan tashqari bo‘rttirib yubormasligi vao‘zlarida bayramona kayfiyatni his qildira olishlari muhim.
Bayramni uyda nishonlash kiyinish borasida eng oson, eng qulay variant bo‘lib, maxsus tayyorgarlikni talab qilmaydi, ammo shunga qaramay, Yangi yil arafasida hamma narsaga oqilona yondashish kerak, ayniqsa tashqi ko‘rinishga.
Ajoyib variantlardan biri – rubashka uslubidagi ko‘ylaklar. Ular nihoyatda sodda ko‘rinadi. Agar bunday libosga toshdan yasalgan katta oqshom zargarlik buyumlarini qo‘shsangiz, Yangi yilni uy sharoitida, qulay muhitda nishonlash uchun ajoyib imkoniyatga ega bo‘lasiz. Umuman olganda, ko‘pincha aksessuarlar hamma narsani belgilab beradi, obrazni to‘liq qiladi va ma’lum bir manoda kayfiyatni ko‘taradi.
Oyoq kiyimlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, mutaxassislar Yangi yilni uyda nishonlaydiganlarga oddiygina shippak emas, chiroyli tufli kiyishni maslahat bermoqda. Ta’kidlanishicha, shippak yangi yil kayfiyatini butunlay yo‘q qilishi mumkin. Aksincha, ziyofatga boradiganlar qulay oyoq kiyim kiyishlari tavsiya etilgan. Shunday qilib, 2023-yilgi Yangi yil uchun poyabzal yorqin bo‘lishi kerakligi aytilmoqda: kumushrang, tillarang.
Yangi yilni restoranda, ziyofatda nishonlaydiganlar uchun ajoyib variant - har doim hashamatli ko‘rinadigan futlyar uslubidagi ko‘ylak. Ko‘ylaklarni yoqtirmaydiganlar uchun ham yaxshi variant bor – kombinezon. Obraz kechki aksessuarlar bilan to‘ldirilsa, yanada mukammal ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Shuningdek, hozirda juda xilma-xillikda taqdim etilayotgan kostumlar ham mukammalobraz yaratishga sabab bo‘la oladi. Kostumlar har qanday sharoitda g‘alaba qozonish variantidir.
Yilning eng sehrli kechasi yaqinlashmoqda. Yuqorida aytilganidek, Yangi yilni qayerda nishonlayotganingiz unchalik muhim emas, eng muhimi sizning tashqi ko‘rinishingizdir.