TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar shu yilning 11 oyida qariyob 45 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonda 2022-yil 1-dekabr holatiga elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 40 ta xorijiy kompaniya ro‘yxatga olingan. 2-yil ichida ularning soni 2 baravarga ko‘paydi.
Joriy yilning 11 oyi davomida mazkur xorijiy kompaniyalar tomonidan 44,8 mlrd so‘m soliq to‘langan, bu o‘tgan yilga nisbatan 2 baravar ko‘proq. Bunda, to‘langan soliqlarning 98 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:
Meta* - 18,6 mlrd so‘m;
Google - 14,8 mlrd so‘m;
Apple - 6,2 mlrd so‘m;
Vooking.som - 1,4 mlrd so‘m;
Netflix - 867,7 mln so‘m;
Xsolla - 798,1 mln so‘m;
Yandex - 445,5 mln so‘m;
Paddle.som - 404,2 mln so‘m;
LinkedIn - 234,1 mln so‘m;
Adobe Systems - 180,3 mln so‘m.
*Meta kompaniyasi Rossiyada ekstremistik tashkilot deb topilgan.