Shavkat Mirziyoyev yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishdi - foto

Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini isloh qilishga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro kongress markaziga kelib, boshlang‘ich sinflar uchun ishlab chiqilgan yangi avlod darsliklari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Aytilishicha, Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limini isloh qilishga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etmoqda.
“Davlat rahbari ta’lim sifatini oshirish va yangi avlod darsliklarini joriy etishga bag‘ishlangan ko‘rgazma-taqdimot bilan tanishib, sohadagi islohotlar haqida murojaat qiladi”, deydi Asadov.
Maktab o‘qituvchilari bilan norasmiy muhitda muloqot qiladi.
Qayd etilishicha, yangi avlod darsliklari bo‘yicha respublika bo‘yicha 14 ta tajriba maktablari tanlab olindi. Yangi o‘quv yilidan boshlab ushbu maktablarda yangi darsliklar bo‘yicha ta’limni olib borish rejalashtirilgan.
Ularning o‘qituvchilari seminar-treninglarda qatnashib, o‘qitishning yangi metodikalarini o‘zlashtirishdi. Mazkur maktablar misolida mamaklatdagi barcha o‘rta umumta’lim o‘quv muassasalar uchun texnik va infratuzilma standartlari ishlab chiqiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev maktab o‘qituvchilari va soha vakillari bilan uchrashishi haqida ma’lum qilingandi.
1 / 7
2 / 7
3 / 7
4 / 7
5 / 7
6 / 7
7 / 7