Rossiya TIV Afrikada "xalifalik" paydo bo‘lishi xavfidan ogohlantirdi

Siromolotovning aytishicha, xalqaro terrorchilik tashkilotlari o‘z ta’sirini kuchaytirish va buzg‘unchilik salohiyatini tiklash uchun har qanday imkoniyatlardan mohirona foydalanyapti.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Moskva Afrikada “xalifalikning 2.0 versiyasi”ni tiklash uchun shart-sharoit shakllanayotganidan xavotirda, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Oleg Siromolotov RIA Novostiga bergan intervyusida.

“Ayniqsa, bugungi kunda Yaqin Sharq mintaqasidagi jangarilarni “xalifalikning 2.0 versiyasi”ni tiklash uchun ochiqchasiga sharoitlar yaratilayotgan Afrika ichkarisiga joylashtirish tendensiyasi alohida xavotirga solyapti”, - deydi Siromolotov.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya MDH, ShHT va KXShT orqali haqiqiy hamkorlar – Xitoy, Hindiston, Pokiston, Misr bilan muloqotni yo‘lga qo‘ymoqda.
“Bu, ayniqsa, xalqaro terrorchilik tashkilotlari nafaqat hushor holatda, balki o‘z ta’sirini kuchaytirish va buzg‘unchilik salohiyatini tiklash uchun har qanday imkoniyatlardan mohirona foydalanayotgan sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi”, - deya qo‘shimcha qildi diplomat.