O‘zgidromet bugun ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi

Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat +4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat +5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +0-5 daraja iliq bo‘ladi.