Bugun Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi tizimiga doir yig‘ilishda ishtirok etadi

Uchrashuvga ustozlar va soha vakillari taklif etilgan.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Bugun prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi tizimiga doir juda katta yig‘ilishda ishtirok etadi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Respublika ta’lim markazi direktor o‘rinbosari Isroiljon Tillaboyev ma’lum qilishicha, ushbu uchrashuvga ustozlar va soha vakillari taklif etilgan.
Tadbirda yangi standartdagi 1-4-sinf darsliklari chiroyli dekoratsiyalarda qo‘yilgan.
1 / 2
2 / 2