TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Belarusning Ivanovo tumaniga qulagan Ukraina raketa mamlakat havo mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligi rasmiy bayonotida aytiladi.
“Bugun soat taxminan 10:00 larda havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan havo nishoni urilgan. Uning parchalari Brest viloyati, Ivanovo tumani, Gorbaxa qishlog‘i yaqinidagi qishloq xo‘jaligi dalasidan topilgan”, - deyiladi bayonotda.
Tekshiruv tadbirlari davomida parchalar Ukraina hududidan uchirilgan S-300 zenit raketasiga tegishli ekani aniqlangan.
Qayd etilishicha, harbiy idora hodisa bo‘yicha batafsil ma’lumotni yaqin kunlarda e’lon qiladi.