TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Bugun soat 10:00 dan 11:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Belarus hududiga Ukraina raketasi quladi. Raketa S-300 kompleksiga tegishli, deb xabar bermoqda “BelTA”.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan darhol mamlakat rahbari Aleksandr Lukashenko ogohlantirilgan. Uning topshirig‘iga ko‘ra, Tergov qo‘mitasi va Mudofaa vazirligi xodimlaridan bir guruh mutaxassislar qulash sabablarini aniqlayapti.
Chasti ukrainskoy raketi na territorii Belarusi
© Foto opublikovano v kanale Sputnik Belarus v Telegram
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqeaning ikkita asosiy versiyasi ko‘rib chiqilmoqda: raketa yaqinda Polshada sodir bo‘lgan voqeaga o‘xshab, raketa noto‘g‘ri yo‘nalishda uchishi sabab Belarus hududiga qulagan yoki Belarus havo mudofaa tizimlarining ishlashi natijasida raketa urib tushirilgan.
Voqea joyida Tergov qo‘mitasi, Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari mutaxassislari ishlamoqda. Qurbonlar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.