Andijonda yer usti metrosi quriladi - Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev: 500 ming kishi yashaydigan Yangi Andijon shaharchasi barpo etilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Andijonda yer usti metrosi quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi ta’lim sohasi mutasaddilari hamda o‘qituvchilar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 500 ming kishi yashaydigan Yangi Andijon shaharchasi barpo etilmoqda.U yerda ta’lim sohasiga ham ko‘p e’tibor qaratiladi.
“Nasib qilsa, Andijon markazidan Yangi Andijonga qadar yer usti metrosini ham olib boramiz. Nafaqat Yangi Andijon, barcha hududlarimizda muallimlarga ham, o‘quvchilarga ham katta e’tiborni kuchaytiramiz", deydi Shavkat Mirziyoyev.