Xitoyda 200 dan ortiq mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi - video

YTH tuman sababli ko‘rish yomonlashish oqibatida sodir bo‘lgan. Uning oqibatlarini bartaraf qilish uchun 11ta o‘t o‘chirish mashinasi chaqirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Xitoy markazidagi Xenan provinsiyasining Chjenchjou shahrida 200 dan ortiq avtomobil kuchli tuman sabab to‘qnashdi, hodisada kamida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti Xitoy Markaziy televideniyesiga tayanib, xabar berdi.
Yo‘l-transport hodisasi bugun, 28-dekabr kuni soat 7:40 da (Toshkent vaqti bilan soat 4:40) ikki tomonlama avtomobil ko‘prigida yuz bergan. Yo‘lda ko‘rishning yomonligi sababli ko‘plab avtomobillar bir-biri bilan to‘qnashgan.
Voqea joyida ishlayotgan qutqaruvchilardan birining mahalliy “Xenan szaotun” radiosiga aytishicha, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 200 dan ortiq mashina YTHga uchragan.
Ayni paytda 11 ta o‘t o‘chirish mashinasi va 66 nafar qutqaruvchi yirik avariya oqibatlarini bartaraf etmoqda.