Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Pushilin Ukraina rejimi o‘z fuqarolarini qanday ayamayotgani haqida

DXR rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Kiyev G‘arbga o‘z harakatlarini samaradorligini ko‘rsatish uchun tajribasiz kishilarni safarbar qilmoqda.
Sputnik
Ukrainada safarbarlikning navbatdagi to‘lqini e’lon qilingan. Birgina Xarkov viloyatidan ular 20 ming kishini chaqirishni rejalashtirishmoqda.
Bu haqda DXR rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi Denis Pushilin ma’lum qildi.
"U yerda “voyenkomat” yo‘q qilinganini inobatga olinsa, o‘sha payt ular Xarkov taslim bo‘ldi deb o‘ylashgandi, ular endi kim harbiy ro‘yxatda turganini haqida ma’lumotga ega emaslar. Turli yo‘llar bilan shuncha odamni yig‘ishga urinishmoqda", - deydi u.
Pushilinning fikricha, Kiyev rejimi biror bir yo‘l bilan frontdagi samaradorlikni qandaydir namoyon qilishga, G‘arb kiritgan ulkan sarmoyalarni qandaydir oqlashga urinish uchun tajribasiz fuqarolarni jang maydoniga haydayapti.