Peskov: “tinchlik rejasi” yangi hududlarning Rossiyaga qo‘shilganini inobatga olishi shart

Rossiya prezidenti matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, hozircha Ukrainaning hech qanday “tinchlik rejasi” yo‘q.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Agar u to‘rtta yangi mintaqalarning Rossiya tarkibiga qo‘shilganini inobatga olmasa, Ukraina bo‘yicha hech qanday “tinchlik rejasi” bo‘lishi mumkin emas. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
“Hozircha Ukrainaning hech qanday “tinchlik rejasi” yo‘q, keling avval bundan boshlaylik”, - dedi Kreml vakili Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning fevralgacha “tinchlik rejasini” tayyorlash tashabbusiga munosabat bildirish iltimosiga javoban.
“Rossiya hududi, Rossiya tarkibiga to‘rtta yangi mintaqalarning kirgani bilan bog‘liq bugungi voqelikni inobatga olmaydigan Ukrainaning “tinchlik rejasi” mavjud bo‘lishi mumkin emas. Bu voqeliklarni inobatga olmaydigan hech qanday tinchlik rejasiga da’vogarlik qilolmaydi”, - deya ta’kidladi Peskov. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Avvalroq ekspert Ukrainaning “tinchlik sammiti” o‘tkazishdan ko‘zlagan niyati kattaroq moliyaviy yordamga erishish maqsadidagi Vladimir Zelenskiyning “biznesi” ekanini aytgan edi.
Rossiya muzokaralarga tayyorligi haqida bir necha bor aytgan. Mamlakat prezidenti Vladimir Putin barcha mojarolar diplomatik yo‘llar bilan tugashini ta’kidlagan. Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya har doim Ukraina bo‘yicha muzokaralar uchun ochiq.