TOShKENT, 28 dek — Sputnik. 2023-yilda O‘zbekiston Rossiya Davlat gumanitar universiteti, Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti va Shimoliy-Kavkaz federal universitetining filiallari ochilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov 2022-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Ikki tomonlama hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida Rossiya-O‘zbekiston ta’lim sohasidagi aloqalarga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Rossiya har yili o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya universitetlarida ta’lim olish uchun ajratiladigan budjet kvotalari sonini izchil oshirib borapti – 2023-yilda bu ko‘rsatkich 800 o‘ringacha oshadi”, - deydi elchi.
U bugungi kunda O‘zbekiston Rossiya OTMlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar soni bo‘yicha (50 mingdan ziyod) yetakchilardan biri ekanini eslatdi.
Diplomat yana bir muhim jihat – bugungi kunda respublikani tark etmasdan Rossiya standarlari bo‘yicha ta’lim olish uchun sharoitlar yaratilayotganini qo‘shimcha qildi
“Xorijiy universitetlarning O‘zbekistondagi filiallari soni (14) bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda. 2022-yilda respublikada faoliyat yuritayotgan 12 ta filialdan tashqari, Toshkentdagi Sankt-Peterburg davlat universiteti va Jizzaxdagi Qozon (Volgabo‘yi) federal universitetining filiallari ochildi”, - deydi Malginov.