O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlarini eng ko‘p qayerdan xarid qilyapti

Import ko‘rsatkichi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,6 % ga oshgan.
Sputnik
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 109 ta davlatdan qiymati 3,2 milliard dollarga teng bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini import qildi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
“Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 38,6 % ga oshgan”.
2022 yilning 11 oyida oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan davlatlar:
• Qozog‘iston – 36,6 %;
• Rossiya – 24,1 %;
• Braziliya – 13,9 %;
• Belarus – 4,2 %;
• Pokiston – 1,8 %;
• Ekvador – 1,6 %;
• Hindiston – 1,6 %;
• Xitoy – 1,4 %;
• Turkiya – 1,4 %;
• Indoneziya – 1,4 %;
• Boshqa davlatlar – 12 %.
Avvalroq O‘zbekiston eng ko‘p meva va sabzavotlarni Qozog‘iston va Rossiyaga eksport qilgani haqida xabar bergandik.